HARVARD METODI
Muallif: Vey Syuin
Nima uchun ayrim insonlar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga tezroq erishadi? Nega ba’zi insonlar vaqtini samarali boshqarib, har kuni o‘z ustida ishlaydi, boshqalari esa bir joyda qolib ketadi? Muvaffaqiyatli insonlarning fikrlashi va kundalik odatlari nimasi bilan farq qiladi?
Vey Syuinning «Harvard metodi» kitobi aynan shu savollarga javob izlaydi. Asarda dunyoning eng nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Harvard universitetining ta’lim muhiti, talabalarining mehnatsevarligi va muvaffaqiyatga erishish tamoyillari haqida so‘z yuritiladi.
Kitobda vaqtni qadrlash, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish, muhim vazifalarni ustuvor belgilash, diqqatni jamlash va ishlarni ortga surmaslik kabi muhim masalalar yoritilgan. Shuningdek, foydali odatlarni shakllantirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mustaqil fikrlash va oldiga qo‘ygan maqsadlari sari qat’iyat bilan intilish haqida tavsiyalar beriladi.
Kitobdan nimalarni o‘rganishingiz mumkin?
• Vaqtdan unumli foydalanish va uni to‘g‘ri taqsimlash.
• Muhim va ikkinchi darajali vazifalarni farqlash.
• Dangasalik va ishlarni ortga surish odatidan xalos bo‘lish.
• Foydali kundalik odatlarni shakllantirish.
• Diqqatni jamlash va samarali ishlash.
• O‘ziga bo‘lgan ishonchni

