Mashhur bo‘lish, dovruq qozonish osonmi? Ommaga tanilish insonning xohish, irodasiga bog‘liq holda kechadimi? Yoki bu tinimsiz mehnatni talab qiladigan jarayonmi? Mazkur savollarga ushbu kitobdagi mashhur insonlarning hayoti va faoliyati haqida o‘qib, o‘zingiz javob topasiz. Zero, oddiy, qashshoq oiladan chiqib, dunyo miqyosida tanilgan kishilarning yashash tarzi ko‘pchilik uchun qiziqarli. Mashhurlikdan so‘ng o‘ziga yarasha boylik, mol-davlat ham inʼom etiladi. Gap qaysi yo‘l bilan dovruq qozonishda.

