"Hikmatli so‘zlar sodda, aniq va boy mazmunga ega bo‘lganligi sababli doimo kishilar e'tiborini o‘ziga tortadi. Ular insonni hayot qiyinchiliklarini yengish, murakkab vaziyatlarda tеri yo‘l topish va hеch qachon umidsizlikka bеrilmasligi uchun ma’naviy ozuqa sifatida katta axamiyatga ega.
Ushbu kitobda uch ming yildan ko‘proq bulgan tarixiy davrda xarbiy soxa va jang san’ati xaqida tarix sinovlarida o‘z isbotini topgan, turli davrlarda va turli xalqlar vakillari tomonidan bildirilgan hikmatli so‘zlar xamda shoxlar va buyuk sarkardalarning fikrlari bayon etilgan."

