• Yuqori va pastki nafas yo‘llari uchun
• Qisqa muddatli ingalyatsiyalar uchun yuqori tezlikdagi nebulayzer
• Bitta tugma bilan oson foydalanish. Butun oila uchun mos
Microlife NEB-200 Active kompressorli nebulayzeri — bu astma, bronxit, pnevmoniya, O‘RVI va pastki nafas yo‘llarining boshqa respirator kasalliklarini davolash va oldini olish uchun mo‘ljallangan yuqori sifatli inhalyatsion qurilma.
Microlife NEB-200 — ixcham, qulay va foydalanishda sodda. Davolash uchun nebulayzer terapiyasiga tavsiya etilgan barcha dorivor inhalyatsion eritmalarni qo‘llash mumkin.
Qurilma yuqori samaradorlik, tezkor inhalyatsiya, dorilar uchun katta rezervuar va innovatsion purkagich tizimi bilan ajralib turadi.
Kompressorli nebulayzerdagi ish prinsipi quyidagicha: kompressor kuchli havo oqimini maxsus kameraga yuboradi. Bu havo oqimi dorivor eritmani juda mayda zarrachalarga aylantiradi. Shundan so‘ng niqob yoki nafas olish naychasi orqali dorilar organizmga kiradi.
Microlife NEB-200 inhalyatori rinit, laringit, traxeït, pnevmoniya, bronxit kabi kasalliklarni davolashda samarali. Shuningdek, bronxial astma, sil, turli xil allergiyalarni oldini olish uchun ham ishlatiladi.
Nebulayzerdan foydalanish natijasida nafas yo‘llari samarali namlanadi, bu esa balg‘amni chiqarishni osonlashtiradi va holatni yengillashtiradi.
Afzalliklari:
• Ixcham va qulay dizayn
• Ishonchli porshenli nasos
• Tez va samarali davolash
• Butun oila uchun mos
• To‘liq to‘plam: katta va bola niqobi, mundshtuk, burun uchun nasadka, 5 dona zaxira filtr, tashish uchun sumka
Komplektlash:
NEB 200 tibbiy kompressorli ingalyator, tarkibi:
1. Kompressorli tibbiy ingalyator - 1 dona.
2. Bolalar niqobi - 1 dona.
3. Kattalar uchun niqob - 1 dona.
4. Burun orqali ingalyatsiya uchun nasadka - 1 dona.
5. Og‘iz orqali ingalyatsiya qilish uchun mundshtuk - 1 dona.
6. Havo shlangi - 1 dona.
7. Purkagich - 1 dona.
8. Havo filtri - 5 donadan ko‘p emas.
9. Tarmoq kabeli - 1 dona.
10. Foydalanish bo‘yicha qo‘llanma - 1 dona.
11. Kafolat taloni - 1 dona.
12.Saqlash sumkasi - 1 dona.
13. Quti - 1 dona.
Texnik tavsifi:
• Samarali davolash uchun innovatsion purkash tizimi
• Eng ko‘p ishlatiladigan inhalyatsion eritmalar bilan mos
• Aksessuarlarni yuvish va dezinfeksiya qilish mumkin
• Sumka bilan saqlash va tashish oson
• To‘liq to‘plam: kattalar va bolalar uchun niqob, mundshtuk, zaxira filtrlar, tashish sumkasi

