Doktor Oiz Qarniy o‘zining bir qator kitoblari bilan o‘zbek kitobxonlarining e’tiboriga tushgan.
Ushbu muxtasar risola ikki kunda tamomiga yetgan bo‘lib, muallif uni saodat mavzusidagi o‘nlab kitoblardan siqib (terib) olgan. Ism, raqam,
manba va iqtibos olingan narsalar(ni keltirish) bilan qiyinchilik tug‘dirilmagan.
Muallif muqaddima so‘ngida shunday deydi: “Kitobni o‘qigan chog‘ingizda o‘zingizdan ushbu savollarni bering: Zehn (xayol)ingizda biror narsa o‘zgardimi? Ruhingizda biror taʼsir ko‘ryapsizmi? Mana shu (yaʼni, kitobning sizga taʼsir qilishi) men iroda qilgan narsadir”.

