Antiyutopiya olamida yangi davr. Lyu Tisindagi kenglik, Filip K. Dikdagi falsafa, Frans Kafkadagi mavhumlik hamda buddizm va sun’iy intellekt uyg‘unligini tasavvur qiling — qarshingizda xitoylik Viktor Pelevin, ya’ni Xan Sun namoyon bo‘ladi. Xitoyning nufuzli «Somon Yo‘li» (Galaxy Award) mukofotining olti karra sovrindori va ko‘p karra «Tumanlik» (Nebula) mukofoti egasi Xan Sun Lyu Tisin bilan bir qatorda xitoy fantastikasining yetakchisi va grossmeysteri hisoblanadi.
Amaldor Yan Vey K shahriga xizmat safari bilan yo‘l olganida, u oddiy komandirovkadan kutiladigan narsalarni xohlaydi, xolos: kundalik yumushlardan chalg‘ish, safar xarajatlarini olish va yaxshi mehmonxonaga joylashish — ortiqcha dabdabasiz, ammo barcha qulayliklarga ega va tinch joy bo‘lsa bas.
Biroq, aynan shu yerda muammolar boshlanadi. Mehmonxona mini-baridagi tekin mineral suv kutilmaganda qorinda qattiq og‘riq keltirib chiqaradi, so‘ngra u hushini yo‘qotadi. Yan Vey faqat uch kundan keyin o‘ziga keladi va hech qanday tushuntirishlarsiz tekshiruv uchun mahalliy shifoxonaga yotqizilganini biladi. Kunlar ketidan kunlar o‘tadi, ammo baxtsiz amaldor na aniq tashxisni, na kasalxonadan chiqish sanasini biloladi... Unga faqat hozir o‘zi aylanib yurgan tibbiyot tizimi labirinti bo‘ylab tirishqoqlik bilan tuzilgan yo‘riqnoma hamrohlik qiladi, xolos.
Faqat o‘zining aql-idrokiga tayangan Yan Vey haqiqat va mantiqni izlab, shifoxonaning ichki qatlamlari bo‘ylab sayohatga otlanadi. Bu yerda esa nafaqat bemorlar, balki tibbiyot xodimlari ham mantiqdan mosvodek tuyuladi.
Bir insonning sirli kasalligi va uning antiyutopik shifoxona tizimi bo‘ylab qilgan sayohati haqidagi tasavvurni larzaga keltiruvchi hayajonli qissa.
Muqovasi: Yumshoq Qog‘oz rangi: Eko (tabiiy) Sahifalar soni: 416 ta
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga (korzinaga) qo‘shib qo‘ying 📚
Suratli xatcho‘p (zakladka) — bonusga 🎁 To‘liq tavsifni o‘qib chiqing 😊

