Adabiyot yumshoq kuch, ammo katta mehnat talab qiladi. Ayniqsa, bolalar adabiyotida ijod qiladigan muallifda kuchli bilim, zehn bo'lmasa, bugunning bolalarini oddiy asarlar bilan aldab ishontirolmaysiz. Hamza Imonberdiyev XX asrning o'ziga xos zabardast ijod-korlarida biri edi.
Uning "O'jarlar", "Alla", "Lofchilar - aldoqchilar" kabi asarlari siz- ga yaxshi tanish. Bir qaraganda uning asarlari biz kattalar uchun ham tegishli. Chunki ko'nglimizning tub-tubida bir bolakay yashaydi. Xalq og'zaki ijodi unsurlarida foydalanilgan yumor, loflar sizni xayolot ola- miga yetaklaydi. Undagi suhbatlar samimiy, toza.
Bir so'z bilan aytganda, ham kattalar, ham bolalar uchun birdek ma'qul bo'ladigan kitob barchamizga muborak bo'lsin!

