Kitob haqida
"Takrorlash - o‘rganishning onasi!" Bu oddiy haqiqatni hammamiz bolalikdan bilamiz. Qanchalik ko‘p yodlasang va tez-tez takrorlasang, shunchalik yaxshi eslab qolasan. Ammo bu bilimlarni bir muncha vaqt o‘tgach eslay olamizmi va eng kutilmagan vaziyatda amalda qo‘llay olamizmi? Javob - yo‘q! Ushbu kitob mualliflari kognitiv psixologiya sohasida keng ko‘lamli tadqiqot o‘tkazib, biz o‘rganib qolgan barcha yodlash usullari yuzaki va qisqa muddatli ekanligini aniqladilar. Nima uchun bitta fanni o‘rganishning intensiv kurslari samarasiz bo‘ladi? Yangi ma’lumot olish jarayonida qiyinchiliklarni yengib o‘tish nima uchun muhim? Eslatish nima va u yod olishdan ko‘ra ancha samaraliroq ekan? Nima uchun bir mavzudan boshqasiga o‘tish uzoq muddatli eslab qolish uchun foydali? O‘z taraqqiyotingizni tezda tekshirish va bilimdagi bo‘shliqlarni aniqlash usullari qanday? Ushbu kitob nafaqat o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun. U yangi bilimlarni samarali o‘zlashtirish va ularni amalda qo‘llashni istagan har bir kishi uchun foydali bo‘ladi.

