• Yozuv: Lotin
• Muqova: Qattiq
• Sahifa: 376
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 15-oktyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida tashkilotga a’zo davlatlar adabiyotining eng sara namunalaridan iborat “Turkiy adabiyot durdonalari” deb nomlangan 100 jildlik kitoblar turkumini har bir mamlakatning ona tilida nashr etish g‘oyasini ilgari surgan edi.
Ushbu tashabbus asosida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda mana shu muhtasham adabiy majmua yaratildi.
“Turkiy adabiyot durdonalari” to‘plamiga umumturkiy adabiyotning qadimgi davrlaridan to XXI asrning shu kunlariga qadar yaratilgan sara namunalar, ya’ni O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Vengriya davlatlarining atoqli shoir, adib va mutafakkirlarining asarlari kiritildi.
“Turkiy adabiyot durdonalari” to‘plami jami 1010 nafar muallifni qamrab olgan.
Turkiy tilli davlatlar orasida ilk bor ro‘yobga chiqarilgan ushbu yirik loyiha ona yurtimizda madaniyat va san’atga ko‘rsatilayotgan ulkan g‘amxo‘rlikning, xalqimizning qardosh xalqlar va ularning so‘z sab’atiga nisbatan yuksak hurmat-ehtiromining ramzidir.

