Mazkur kitobimiz XX asr o‘zbek sheʼriyati darg‘alari uchun tom maʼnoda ustoz sanalgan, zabardast shoirlarimizga o‘rni kelganda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan, o‘zining hur fikri, bemisl tasvirlari, jonli timsollari bilan adabiyotimizda o‘z o‘rniga, o‘z so‘ziga ega bo‘lgan ijodkor asarlarining jamlanmasidir. Uning sheʼrlari katta yoshdagi adabiyot muhiblari qalbini nazm bilan sug‘orsa, dostonu ertaklari kichik yoshdagi o‘quvchilar ko‘ngliga, shuuriga eng oliyjanob fazilatlar urugini qadaydi.
Hamid Olimjon sheʼrlarida nafaqat davr ruhi, balki ertangi kun sabog‘i, nurli kelajak umidi mujassam. mutolaa barcha yoshdagi o‘quvchilarni shoir qalbi bilan yaqinlashtiradi, maʼnaviy va ruhiy suhbatga chorlaydi.
ISBN : 978-9943-20-575-8
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 208
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2020
Nashriyot : Yangi Asr Avlodi
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : Jilosiz
Muallif : Hamid Olimjon

