• ISBN: 978-9910-91-822-3, Muallif: Abdusaid Ko'chimov, Til: O'zbekcha, Yozuv: lotin, Betlar soni: 160, Nashriyot: Meros books, Muqovasi: Yumshoq, Qog’oz formati: A5, Bichimi: 84х108 1/32, Chop etilgan yili: 2024
Ushbu kitobdan o'rin olgan qissa va hikoyalar mavzusi, qahramonlarning qiyofasi, hayotda tutgan o'rni nihoyatda ishonarli aks ettirilgan. Ularda siz-u biz bilan hamnafas yashayotgan insonlarning o'zgalarnikiga o'xshamaydigan turmush tarzi, o'y-kechinmalari, betakror xarakteri mahorat bilan tasvirlangan.
Muallif o'z qahramonlari boshidan kechirgan murakkab vaziyatlarni ortiqcha bo'yab-bejamasdan, nihoyatda ishonarli gavdalantiradi. Muhimi, u inson tabiatidagi chigalliklarni, hayotning turfa ziddiyatlarini haqqoniy yoritib, qahramonlarning quvonch va tashvishlar og'ushida kechadigan hayotini mahorat bilan qalamga oladi.

