Asli Germaniyada tug'ilgan Rut Praver Jabvala qalamiga mansub
"Halokat to'zoni" romani birinchi marta 1975-yil nashr etilgan va o'sha
yili nufuzli Buker mukofotiga sazovor bo'lgan.
Roman bobosining birinchi xotini Oliviya haqida ko'proq ma'lumot
olish uchun Hindistonga sayohat qilgan ayol hikoyasi bilan boshlanadi.
Uning qoʻlida Oliviyaning olisdagi dugonasiga yozgan maktublari bor
edi. U ana shu maktublar va Hindistonda kechgan vaqti davomida Oli-
viya hamda uning hayoti haqidagi ko'plab haqiqatlarni ochadi.
Kitob 2014-yilda "The Telegraph" nashri tomonidan Osiyoning eng
buyuk o'n romani qatoriga kiritilgan.

