Iste'dodli yozuvchi Hakim Nazir ko'plab hikoyalar, qissalar, pyesalar, ocherklar muallifidir. Adib o'z hikoyalarida va bolalar uchun yozilgan qissalarida insonlarning ma'naviy-axloqiy fazilatlarini ardoqlashga, kichiklarga mehribonlik, kattalarga hurmat kabi insoniy tuyg'ularni ulug'lashga intilgan.
Qo'lingizdagi "Do'stlar" nomli kitobga adibning eng sara hikoyalari jamlangan bo'lib, u kitob javoningizga yaxshi bir tuhfa bo'ladi, degan umiddamiz.

