“Daxma sinoati” asarida noyob, uzoq yillarga borib taqaladigan topilmalar insoniyat tarixidagi ayrim haqiqatlarni o‘zgartirib yuborishi mumkinligi haqida hikoya qilinadi.
Kitob voqealarga ko‘ra, Fotih masjidi yaqinida yer cho‘kishi sodir bo‘ladi va qadimiy yerosti yo‘laklari topiladi. Arxeologlar jamoasi tadqiqot olib borar ekan, Vizantiya davriga oid yashirin cherkov va tarixiy qo‘lyozmalarga duch keladi.
Insoniyatning asrlar davomida berkitib kelayotgan sirlari mana shu yerda ochila boshlaydi...
Ushbu kitobdagi tarixiy sirlar, yechimi topilmagan jumboqlar kitobxonni bir lahza chalg‘ishiga yo‘l qo‘ymaydi.

