Haj - Islom dinining besh arkonidan biri, sevimli
ibodatlardandir. Unga alohida e'tibor berib, xolisona
ado etganlarga Alloh taolo tomonidan bexisob ajru
savoblar va'da qilingan.
Qo'lingizdagi risolada haj ibodatini ado etish
davomida o'qilishi tavsiya etilgan duolar o'rin olgan.
Ularni o'qish ibodatning yanada go'zal va mukammal
bo'lishiga sabab bo'ladi. Ta'kidlash lozimki, aynan shu
duolarni o'qish majburiy emas, bilmaganlar toqatlari
etgani kadar duo qilaveradilar.
Duolaringizda qo'lingizdagi kitobni sizga takdim
kiluvchilarni xam unutmasligingizni so'rab kolamiz!

