Ushbu kitobda Islomning besh ustunidan biri bo‘lgan haj amali haqida batafsil so‘z boradi. Qo‘llanma muqaddas haj safariga chiqish istagida va bunga qodir bo‘lgan vatandoshlarimiz uchun ibodatni to‘la - to‘kis, benuqson amalga oshirishlari uchun yordam beradi degan umiddamiz. Zero, Alloh taolo Qur’oni Karimda kuyidagicha marhamat qiladi:
«Odamlardan yo‘lga qodir bo‘lganlariga Alloh uchun Baytni haj qilmoq vojibdir. Kimki kufr keltirsa, albatta, Alloh olamlardan behojatdir» (Oli Imron surasi, 97- oyat).

