Har biri o‘zicha bir olam bo‘lgan qahramonlar hayotning past-baland so‘qmoklarida abadiy haqikatlarni izlab topishga urinadilar. Ular yashashdan maksad, tiriklikdan murod ko‘ngil pokligiga erishish ekanligini anglaganlaridan keyingina kidirgan narsalari o‘zlarida, o‘zlarining ichlarida ekanligini anglaydilar. Shoyim Bo‘tayevning qissalaridagi bosh yo‘nalish ana shu ichki poklikka qaratiladi va shu asno iqtidorli yozuvchining hayotiy qarashlari, tamoyillari bo‘y ko‘rsatadi. Ushbu to‘plamga kiritilgan asarlarni bir-biriga bog‘lab turadigan mushtarak jihatlar ham shulardan iboratdir

