«Xayolimda go‘zal qol» — Halis Karabenlining sevgi, ayriliq, sog‘inch va insonning ichki kechinmalariga bag‘ishlangan adabiy-badiiy asari. Asar qahramoni o‘z his-tuyg‘ularini yashirmaydigan, qalbidagi dardlarini ochiq ifoda etadigan oshiq inson sifatida tasvirlanadi. Uning fikrlari va kechinmalari ba’zan telbanamo va tartibsizdek tuyulsa-da, ularning zamirida chuqur muhabbat, sog‘inch, yolg‘izlik va ruhiy iztiroblar yotadi. Asar o‘quvchini qahramonning ichki dunyosiga olib kirib, muhabbat inson qalbi va hayotini qanday o‘zgartirishini ko‘rsatadi.

