Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Hadis va Hayot» turkumining «Zakot» deb nomlangan 8-juzi. Islomning besh ruknidan uchinchisi bo‘lmish zakot ibodati haqida kerakli ma’lumotlarni bilish va ularga amal qilish har bir musulmon uchun ham farz, ham qarzdir.
«Hadis va hayot» kitobining navbatdagi sakkizinchi juzi ayni shu ruknga bag‘ishlangandir. Muhtaram o‘quvchilarimiz bu juzda o‘zlarini qiziqtirgan ko‘pgina savollarga javob topadilar, degan umiddamiz.

