Turkumning ushbu juzi diynimizning eng go‘zal, eng nozik jihatlariga – Alloh taoloning zikriga, U Zotga duo qilish, gunohlarga istig‘for aytish va ulardan tavba qilishga bag‘ishlangan. Ushbu kitobni o‘qib zikr, duo, istig‘for va tavbaning mohiyati, hikmatlari, odoblari va tartib-qoidalarini o‘rganasiz. Shuningdek, zikrning ma’lum lafzlarni ko‘zni yumib olib takrorlashdan ko‘ra ulkan narsa ekanligini, duo ham oyat yoki hadisda kelgan iboralarni yoki o‘zi to‘qigan so‘rov ma’nosidagi so‘zlarni ikki qo‘lni ko‘tarib talaffuz qilishdan ko‘ra umuman boshqa bir hol ekanini, istig‘forning foydalari juda ko‘p ekanini va tavbaning haqiqati nimadan iboratligini ham bilib olasiz.

