Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Hadis va Hayot» turkumining «Muqaddima» deb nomlangan 1-juzi.
Ma’lumingizkim, «Hadis va Hayot» silsilasi mashhur alloma, Qohiradagi «al-Azhar» dorilfununi mudarrislaridan biri shayx Mansura Ali Nosif hazratlarining «At-toj al-jome’ lil-usul fii ahadiysur Rasul» («Rasul sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan asllarni jam qiluvchi toj») deb nomlangan ulkan asarlariga yozilgan komil va shomil sharhlardan iborat to‘plamdir.

