Bizni O‘zining oxirgi Payg‘ambari Muhammad alayhissalomning ummati qilgan va: "Albatta, sizlar uchun - Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo‘lganlar uchun va Allohni ko‘p zikr qilganlar uchun Allohning Rasulida go‘zal o‘rnak bor edi," degan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar bo‘lsin!
Hayotimizning har lahzasi biz uchun eng buyuk ibrat manbai bo‘lgan sevikli Payg‘ambarimiz va shafoatchimiz - Muhammad Mustafoga eng mukammal va go‘zal salavot-u durudlar bo‘lsin!

