"Hadis va Hayot" to‘plamining o‘n uchinchi jildi ixlos, qalbni riyo va kibrdan poklash masalalariga bag‘ishlangan. Unda har qanday amalni faqatgina xolis niyat bo‘lgandagina Alloh taolo qabul qilishi haqida hadislar keltirilgan. Muallifning ta’kidlashicha, inson qalbida ixlos bo‘lmasa, zohiriy amallarning qadri qolmaydi, riyoga intilish esa yaxshiliklarning savobini yo‘qqa chiqaradi.

