Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Hadis va Hayot» turkumining «Islom va Iymon kitobi» deb nomlangan 2-juzi savdoga chiqarildi.
«Hadis va Hayot» silsilasining dastlabki juzlari chop etilishi bilan kitobsevarlarning sevimli asariga aylanib, ko‘plab muxlislarning javonlaridan, mo‘min-musulmonlarning qalbidan chuqur va munosib o‘rin oldi.
Endilikda mazkur silsila tarkibiga kiruvchi kitoblar qaytadan nashr qilina boshlandi. Ushbu juzlarda dastlabki nashrlarda yo‘l qo‘yilgan ba’zi xato va kamchiliklar bartaraf etilib, ilmiy ma’lumotlar tahqiq qilingan bo‘lib, bu mazkur nodir asar saviyasining yanada yuqoriroq bo‘lishini ta’minladi.
Navbatdagi «Hadis va Hayot» turkumining «Islom va iymon kitobi»ning birinchi bobi «Islom va iymonning bayoni haqida» deb nomlanib, u Islom va iymonning lug‘at va ulamolar istilohidagi ma’nolari hamda ular haqida umumiy bayonotlar kelgan hadisi shariflarning sharhi bilan boshlanadi.

