Qadrli kitobxon! Islomning besh ruknidan biri bo‘lgan haj ibodati atroflicha bayon qilishga arziguli hukmlarga boy. Siz, Alloh xohlasa, bu kitob orqali haj va umra ibodatlari haqida ko‘pgina ma’lumotlar olib, uning yordamida sahobai kiromlar ila hamsuhbat bo‘lasiz. Ulardan haj va umraning sirlarini o‘rganasiz, qolaversa, mashhur sahobiy Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu bilan birga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tuyalari jilovidan tutib vidolashuv hajida ishtirok etasiz. Bundan tashqari, haj va umra ibodatlarining hikmatlari hamda muqaddas makonlarning tarixi va hozirgi kuni bilan oshno bo‘lasiz.

