• ISBN: 978-9910-9544-8-1, Muallif: Jasur Kengboyev, Til: O'zbekcha, Yozuv: lotin, Betlar soni: 260, Nashriyot: Readbook, Muqovasi: Qattiq, Qog’oz formati: A5, Bichimi: 84х108 1/32, Chop etilgan yili: 2024
“Shunday asarlar yozsangki, kitobxon uni oʻqiganda hamma narsani unutsa. Asar qahramonlari hayoti bilan yashasa. Quvonsa, iztirob cheksa...»
Jasur Kengboyevda yumor ham kuchli. Iskandar Karimning pul ayriboshlashdagi holati va firibgar ayolga laqqa tushishi satira. Davrga koʻzgu... Muallif birgina voqelik orqali bugungi jamiyat illatlarini ham ocha olgan.
“...kabi oʻnlab yosh nosirlarni koʻz oldimga keltirar ekanman, bugun biratoʻla toʻrt adabiy avlodning dunyoqarashi, kayfiyati va badiiy tafakkuri mahsuli boʻlmish nasr bilan tanishish imkoni borligini mamnuniyat bilan qayd etgim keladi”, deya katta ishonch bildirgan. Bu ishonch bugun yuzaga chiqmoqda. Jasur Kengboyevning “Sinov” qissasi orqali oʻz soʻzini aytdi. Oltin silsilani davom ettirayotgan avlod sifatida yalov koʻtardi. Bu qanchalik uzoq va baland hilpirab turadi, buni vaqt koʻrsatadi.

