• Muqova: Qattiq
• Yosh chegarasi: 12+
• Til: O'zbek, kirill
• ISNB: 978-9943-6944-5-3
• Sahifalr soni: 128 bet
• Mualliflari: Abdussalom Ashriy, Muhammad Abdulg‘ani
• Format: 133 * 207 mm
Alloh taborak va taolo bandalariga yanada oson bo‘lmog‘i uchun insonlarning orasidan chiqqan eng sevimli quli va rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayot yo‘llarini sizu biz uchun ibrat maktabi qilib qo‘ydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oilaviy shoista hayotlari, u kishining zavjai muhtaramalari bilan bo‘lgan munosabatlari ummatlari uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi. Allohning Kalomi va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashgan kishining ikki dunyosi ham obod bo‘ladi.
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ilk uylangan ayoli Xadicha roziyallohu anho onamizning yaxshiliklari, feʼl-atvorlari haqida qancha gapirmaylik, oz bo‘lib qolaveradi. Ul muhtaramaning xulqlarini o‘rganganimiz sari dinimiz va turmushimizdagi baʼzi masalalarga ham o‘z-o‘zidan yechim topib boraveramiz. Chunki payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam yaqinlarining xulqlari dinda aytilgan xayrli xulq sifatlariga mutanosibdir.
Xadicha roziyallohu anho onamizning tutum va xulqlari Alloh taolo va payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam xohlaganlari kabi edi.
Ushbu risola Payg‘ambarimizning ayollari, u zotga ilk iymon keltirgan zoti sharifa, barcha mo‘minlarning onasi - Hadicha roziyallohu anho hayotiga bag‘ishlangan. Unda Xadicha onamizning bolaliklari, oilalari, Payg‘ambarimizga qanday turmushga chiqqanlari, Islom dini yo‘lida chekkan mashaqqatlari hikoya qilingan.
Asar Islom dini tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

