"Habiblar Habibi" kitobi – har bir musulmon inson o'z oilasi bilan e'zozlab o'qishi, qalbiga chiroq qilib tutishi kerak bo'lgan betakror islomiy-diniy asardir. Bugungi shiddatli va turli sinovlarga boy zamonda inson o'zligini, iymonini va axloqiy qadriyatlarini saqlab qolishi uchun ma'naviy manbalarga juda muhtoj bo'ladi. Mualliflar Otabek Valixonov va Ёrkinjon Saidolim o'g'li qalamiga mansub mazkur asar aynan ana shu bo'shliqni to'ldirishga, qalbga orom va osoyishtalik baxsh etishga xizmat qiladi. Kitobni varaqlar ekansiz, har bir sahifada insonni ezgulikka yetaklovchi, yaxshilikka undovchi va yomonliklardan qaytaruvchi hikmatli fikrlarga duch kelasiz. Mualliflarimiz o'zlarining hayotiy tajribalari, diniy bilimlari va go'zal uslublari orqali o'quvchini chuqur o'ylantiradigan, tafakkur qilishga o'rgatadigan mavzularni ochib berishgan. Bu shunchaki bir martalik o'qib tashlanadigan oddiy asar emas, balki yillar davomida yon daftaringizga ko'chirib yuradigan, har safar ochganingizda yangi ma'no topadigan qimmatbaho xazinadir. O'zingiz va yaqinlaringiz uchun eng yaxshi ma'naviy sovg'a izlayotgan bo'lsangiz, "Habiblar Habibi" aynan siz qidirgan kitobdir.

