Hozirgi kunda insonlar jismoniy charchoqdan ko'ra ko'proq ruhiy toliqish va tushkunlikdan aziyat chekishmoqda. Qalbga dori bo'ladigan, uni xotirjam qiladigan vosita bu – shubhasiz, mazmunli va foydali kitob mutolaasidir. "Habiblar Habibi" islomiy kitobi aynan sizning ruhiy dunyongizga daxldor bo'lib, hayotingizga yangi ma'no, o'zgacha nur olib kiradi. Otabek Valixonov va Ёrkinjon Saidolim o'g'li tomonidan yaratilgan ushbu sara asar ixlos, sabr, shukronalik, mehr-oqibat va insoniylik kabi olijanob fazilatlarni qalblarga singdirishga qaratilgan. Kitobni qo'lingizga olib, uni mutolaa qila boshlaganingiz zahoti kundalik muammolar chetga surilib, o'zingizda g'aroyib yengillik va quvvat sezasiz. Mualliflar har bir jumlada o'quvchining yuragiga yo'l topishga harakat qilishgan va bunga to'laqonli erishishgan. Oila a'zolaringiz bilan birgalikda o'qish, muhokama qilish va birgalikda ma'naviy o'sish uchun bundan ortiq qulay imkoniyat yo'q. O'z hayotini go'zal o'gitlar asosida qurishni istagan har bir inson bu kitobni albatta o'qib chiqishi lozim. Bugunoq o'zingiz uchun ushbu bebaho asarni tanlang va qalbingizga haqiqiy halovat baxsh eting.

