Ahmad Shuqayriyning ushbu asari Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari va go‘zal axloqlarini zamonaviy hayotda qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan. Muallif kundalik hayotimizdagi turli vaziyatlar, oilaviy va ijtimoiy munosabatlarni tahlil qilib, ularni Payg‘ambarimizning ibratli hayotlari va xulqlari bilan solishtirishga undaydi. Kitob o‘quvchiga kundalik odatlarini qayta ko‘rib chiqish, go‘zal axloqni shakllantirish va sunnatga amal qilish yo‘llarini anglashga yordam beradi.

