“Habibimiz oramizda bo‘lsalar” kitobi Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ ning go‘zal axloqlari, hayot tarzi va sunnatlaridan ibrat olib, ularni zamonaviy hayotimizga tatbiq etish haqida yozilgan. Muallif jamiyatimizdagi muammolar, oilaviy munosabatlar, yoshlar tarbiyasi va shaxsiy kamolot masalalarini Rasululloh ﷺ hayotlari misolida yoritadi.
Asarda o‘quvchi o‘zini tahlil qilish, xatolarini anglash va iymonini mustahkamlashga undovchi fikrlar jamlangan. Kitob sodda va tushunarli uslubda yozilgan bo‘lib, har bir musulmon uchun foydali manba hisoblanadi.

