Mamlakatning taraqqiyot darajasini bilish uchun murakkab ijtimoiy tahlillar o‘tkazish shart emas. O‘sha joydagi ayollarning turmush tarziga, unga ko‘rsatilayotgan munosabatga bir nazar tashlansa, bas. Rivojlangan va ideal jamiyat qurish poydevori farzandlarimizning bolalik davridan boshlanadi. Ushbu ilmiy-tadqiqiy asar “Asl maqsad – bola katta qilish emas, balki chin inson tarbiyalash” g‘oyasi bilan bitilgan. Bola tarbiyasida kattalar tomonidan eng ko‘p yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar yoritilgan va ularni bartaraf etish uchun takliflar
berilgan. Bolalar hayoti bilan bog‘liq har bir jihat keng qamrab olingan: munosabatlar, ta’lim, tafakkur, dunyoni anglash, shaxsiy chegaralar, xos qobiliyatlar...
Ushbu kitob har bir ota-onaning eng yaqin do‘sti, maslahatgo‘yi bo‘lishiga ishonamiz.

