"Dabdurustdan telegramdan xabar keladi:
— Hormang, akamullo ...
Bir nimalar so‘raydi. Tamom.
Oradan allaqancha vaqt o‘tadi. Yana osmondan tushgandek ajabtovur bir savol ...
Shunday qilib, bu ""Gulqaychi""ni tanigandim. Savollari bog‘dan-tog‘dan bo‘lgani bilan xulosalari jiddiy.
Gulrang — ""Izlam"" loyihasining adabiy tanqid yo‘nalishidagi yagona vakilasi. ""Akademnashr"" tadqiqotchisi o‘z obyektlari bilan birga chop etishga qaror qilibdi. Buni katta tajriba ichidagi kichik tajriba, katta tavakkal orasidagi kichik tavakkal desak ham bo‘ladi
Bu tajriba qanchalik o‘zini oqlaydi, bu tavakkal adabiyot uchun nima beradi?
Shundoq savollarga javob berish uchun, ""Gulqaychi""ga albatta bir qur nazar tashlash zarur."

