Gulliverning ajoyib sarguzashtlari haqida maktab darsliklaridan
dastlabki ma'lumotga egamiz. Ingliz yozuvchisi Jonatan Svift qalamiga mansub ushbu mashhur asarning bosh gahramoni shifokor, dunyo kezishdan charchamaydigan sayyohning bir-biridan g'aroyib mamlakatlarga qilgan safarlari tasvirlanadi.
Asarda muallif siyosiy tuzum va ta'lim tizimiga keskin tanqidiy muno-
sabat bildiradi. Svift jamiyatdagi adolatsizlik, ahmoqlik, urushparastlik,
ilmsizlik, kibr hamda insoniy axloqning pasayishini kinoya va badiiy
obrazlar orgali ochib beradi.
O'quvchi bu asardan inson tabiatining kuchli va zaif tomonlari,
jamiyatdagi illatlar va ularni qanday tuzatish kerakligi haqida chuqur
fikr oladi. Roman bolalar uchun sarguzasht, kattalar uchun esa chuqur
falsafiy-satirik asar sifatida qabul qilinadi. U har bir o'quvchini tanqidiy
fikrlashga, jamiyat va o'zlikni tahlil qilishga undaydi.
Aziz kitobxon! Toliq nashr etilgan "Gulliverning sayohatlari" romani
siz uchun kashfiyotlarga boy mutolaa bo'lishiga ishonchimiz komil.

