Gulla 8-tasi-1da professional supersubstrati: Osmokot, kokos po‘stlog‘i va yog'och ko‘miri bilan (xona o‘simliklari uchun)
Mahsulot tavsifi
Endi o‘simliklaringizga qo‘shimcha o‘g‘it va murakkab parvarish kerak emas! 🌿
Gulla — bu shunchaki paketdagi tuproq emas. Bu professionallar tomonidan ishlab chiqilgan to‘liq ekotizimdir. Biz eng yaxshi 8 ta komponentni ideal proportsiyada birlashtirdik (6tasi 1da seti uchun 6ta komponent), toki sizning gullaringiz xuddi Instagramdagi rilzlardagidek sog‘lom va go‘zal bo‘lsin.
Nima uchun bu substrat eng yaxshi tanlov?
- 8-9 oy davomida uzluksiz ozuqa: Tarkibidagi original Osmocote Exact o‘g‘iti tufayli o‘simlik barcha kerakli mikrolementlarni bosqichma-bosqich oladi. Siz endi o‘g‘itlash jadvalini kuzatib yurishingiz shart emas!
- Ildiz chirishi va mog'ordan himoya: Yog‘och ko‘miri va seolit tabiiy antiseptik vazifasini bajaradi, zaharli moddalarni va ortiqcha namlikni shimib oladi. Bu ayniqsa Zamiokulkas, Sansevieriya va sukkulentlar uchun juda muhim.
- Nafas oluvchi tuzilma: Mayda fraktsiyali qarag‘ay po‘stlog‘i (kora) va perlit tuproqning zichlashib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ildizlar hamisha havo bilan ta’minlanadi.
- Namlikni bir xilda saqlash: Yuqori sifatli Gulla vermikuliti suvni o‘zida ushlab turadi va kerak bo‘lganda o‘simlikka beradi, bu esa issiq iqlimda gullarni qurib qolishdan asraydi.
Qaysi o‘simliklar uchun mos keladi?
- Aroidlar: Aglaonema, Singonium, Monstera, Spatifillum.
- Sukkulentlar: Krassula (pul daraxti), Kaktuslar, Aloye.
- Manzarali barglilar: Koleus, Fikuslar, Sansevieriya.
To‘liq tarkibi:
- Steril kokos torfi: Zararkunandalar va lichinkalardan xoli asos.
- Biogumus: O‘sish va immunitet uchun tabiiy "oltin".
- Perlit va Gulla vermikuliti: Ideal suv va havo balansi.
- Qarag‘ay po‘stlog‘i (kora): Kerakli kislotalik va yumshoqlik uchun.
- Tseolit: Mineral filtr va ozuqa akkumulyatori.
- Yog‘och ko‘miri: Kasalliklardan himoya va tuproq tozaligi.
- Osmocote Exact: Uzoq muddatli aqlli ozuqa.