Buyuk fors shoiri Sa'diy Sheroziyning "Guliston" va "Bo'ston" asar-lari Sharq adabiyotining durdonalaridandir. Bu ikki asar axloqiy-di-daktik mazmunga ega bo'lib, o'quvchini ezgulikka, komillikka, insoniy fazilatlarni ulug'lashga chorlaydi. "Bo'ston" - to'liq she'riy asar boʻlib, unda sabr, halollik, saxovat, ilm va odob haqida hikmatli hikoyatlar jamlangan. "Guliston" esa nasr va she'r aralash uslubda yozilgan boʻlib, undagi ibratli hikoyalar orqali hayotiy haqiqatlar yoritiladi. Har ikki asar ham o'zining teran ma'nosi, badiiy go'zalligi va tarbiyaviy ahami-yati bilan o'quvchilarni ezgu fazilatlar sari yetaklaydi. Bu asarlar asrlar osha qadrlanib kelayotgan bebaho ma'naviy meros hisoblanadi.

