Ijod yaratish, boshqalarga o‘xshamagan fikr aytish demakdir. Ijodkor tuyg‘ularini qog‘ozga tushirar ekan, o‘quvchini ham o‘ylashga, olamga befarq qaramaslikka undaydi, uning mulohaza eshiklarini ochib yuboradi. O‘ziga xos ovoz egasi bo‘lgan Guli Nigor qalamiga mansub she’rlarni o‘qib bunga yana bir bor amin bo‘lasiz. She’riyatga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

