GUERO brendining ushbu yozgi ayollar tuflisi nafis dizayn va yuqori qulaylikni birlashtiradi. Tuflining yon qismlaridagi havo o’tkazuvchi mesh (to’rli) materiali issiq kunlarda oyoqning terlamasligini ta’minlaydi hamda kun bo’yi qulaylik yaratadi.
Old qismi zamonaviy kvadrat shaklda ishlangan bo’lib, metall bezak mahsulotga yanada jozibali ko’rinish beradi. Velkro (lipuchka) yopilish tizimi tufayli oyoqqa tez va oson kiyiladi hamda mahkam turadi.
Yumshoq ichki qismi va egiluvchan tagligi yurish vaqtida bosimni kamaytiradi. Mazkur model klassik shim, yubka, ko’ylak yoki jinsi kiyimlar bilan juda chiroyli uyg’unlashadi.
Ishga, ofisga, kundalik yurishga, sayrga va yozgi tadbirlarga mos keladigan universal model hisoblanadi.

