Hurmatli ota-onalar, farzand siz uchun qanchalik aziz bo`lsa, uning parvarishiga, ovqatlantirishga, to`g`ri tarbiyalanishiga e`tibor yanada muhimligini, uning komil inson bo`lib voyaga yetishida asosiy omil ekanligini unutmang. Ushbu risolada farzandingiz bir yoshga to`lgunga qadar nimalarga e'tibor berishingiz lozimligini diqqatingizga havola etmoqdamiz. Undan unumli foydalanish farzandingizning benuqson balog`atga yetishiga yordam beradi.

