Hashamatli gul kabi xushbo‘y hid taratishni xohlaysizmi? Unda 2017-yilda dunyoga mashhur Gucci brendi tomonidan taqdim etilgan Bloom atir suvining hashamatli kompozitsiyasi aynan siz uchun yaratilgan. Qaymoqli tuberoza, mayin va hayajonli sambak yasmini, hind kiskvalisi va gulsafsar ildizi kukuni bilan bezatilgan guldasta sizni befarq qoldira olmaydi.
Gucci Bloom xushbo‘y hidi ayollik timsoli hisoblanadi. Bu — ayol tabiatining o‘zi, uning sho‘xligi va noz-karashmasi, uyg‘unlik va go‘zallikka intilishi hamda abadiy romantika orzusi. Bu attorlik zeb-ziynatining barchasi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklli, ammo nozik, ayollarga xos pastel-pushti rangdagi nafis idishga joylangan. Gucci Bloom - sizning sevimli gulingiz!
Atir turi: Gulli
Boshlang‘ich nota: Tuberoza
Yurak notasi: Jasmin sambak
Oxirgi nota: Hind kiskvalisi, Gulsapsar ildizi

