Guangna akril markerlari ijodkorlik, rasm chizish, bo‘yash, skretching, kartochkalar bezatish, dekor ishlari va DIY loyihalari uchun ajoyib tanlovdir. Suv asosidagi sifatli akril siyoh yorqin va to‘yingan ranglarni taqdim etadi, tez quriydi hamda qurigandan keyin surtilib ketmaydi.
Markerlar antistress bo‘yoq kitoblari, sketchbuklar, komikslar, manga, illyustratsiyalar va badiiy albomlarni bo‘yash uchun juda qulay. Qulay uchi yordamida katta maydonlarni ham, mayda detallarni ham oson bo‘yash mumkin.
Qog‘oz, karton, yog‘och, tosh, shisha, plastik, kanvas va boshqa ko‘plab yuzalarda ishlatish mumkin. Ranglar yuzaga yaxshi tushadi, yuqori qoplash xususiyatiga ega va uzoq vaqt davomida yorqinligini saqlab qoladi.
Assortimentda quyidagi to‘plamlar mavjud:
• Skin Tone A Series — 12 ta rang
• Skin Tone C Series — 12 ta rang
• Skin Tone D Series — 12 ta rang
• Skin Tone Series — 24 ta rang
• Pink Skin Series — 12 ta rang
• Macaron E Series — 12 ta rang
• Macaron H Series — 12 ta rang
• Macaron Series — 24 ta rang
Skin Tone seriyasi portretlar, personajlar, manga va illyustratsiyalar uchun maxsus tanlangan teri ranglaridan iborat. Pink Skin Series esa yanada nozik va tabiiy pushti teri ranglarini o‘z ichiga oladi.
Macaron seriyasi yumshoq pastel ranglardan tashkil topgan bo‘lib, bo‘yoq kitoblari, kundaliklar, открытkalar, dekor ishlari va turli ijodiy loyihalar uchun juda mos keladi.
Guangna akril markerlari bolalar, o‘quvchilar, talabalar, dizaynerlar, illyustratorlar va ijod bilan shug‘ullanuvchi barcha insonlar uchun mos keladi.

