Ingliz adibasi Emili Bronte juda erta - o'ttiz yoshida vafot etgan.
Ruhoniyning qizi bo'la turib, to'rt devor ichida qanday qilib bunday
isyonkor asar yozgani adabiyotshunoslarni haligacha o'ylantirib ke-
ladi.
"U juda yomon roman. U juda yaxshi roman. U juda rasvo, shu bi-
lan birga juda go'zal. Dahshatli, og'riqli, kuchli va ehtirosli asar", de-
gandi Somerset Moem ushbu kitob haqida.
Asarda ikki sulola - Ernsho va Lintonlar o'rtasidagi munosabat,
baxtsiz taqdirlar galamga olingan. "Boʻronli dovon" romani o'quvchi
qalbida qarama-qarshi tuygularni uyg'otadi - bir vagtning o'zida
ham sevib, ham nafratlanasiz.

