Green Lion Steve Privacy — bu oddiy himoya oynasi emas, balki “anti-peeping” yoki “privacy glass” hisoblanadi. Ya’ni telefon ekranini yon tomondan boshqalar ko‘ra olmaydi. Faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaragan odam ekran ichidagini ko‘radi. Ko‘p odamlar uni: metroda, avtobusda, universitetda, ishxonada, ko‘chada telefon ishlatganda maxfiylik uchun ishlatadi. Privacy texnologiyasi qanday ishlaydi? Bu glass ichida maxsus qoramtir filtr qatlam bo‘ladi. Telefonga: ro‘paradan qaralsa ekran tiniq ko‘rinadi, yon tomondan qaralsa qora yoki xira bo‘lib qoladi. Shuning uchun yoningizdagi odam: Telegram yozishmalari, parollar, bank ilovalari, rasmlar, videolarni ko‘ra olmaydi. Asosiy kuchli tomoni — maxfiylik Green Lion Steve Privacy aynan privacy sifati bilan mashhur. Arzon privacy glasslarda: ekran juda qorayib ketadi, sifat buziladi, sensor og‘irlashadi. Green Lion’da esa: markazdan qaraganda ekran ancha tiniq, sensor tez ishlaydi, ranglar yaxshi saqlanadi. 9H Hardness Bu model 9H tempered glass hisoblanadi. Bu degani: tirnalishga kuchli chidamli, kalit, tanga, stol, cho‘ntakdagi narsalardan himoya qiladi. Edge-to-Edge dizayn Steve Privacy full cover dizaynda: ekran chetidan chetigacha yopadi, qora ramkali ko‘rinadi, telefonga premium ko‘rinish beradi.

