• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Aziz Axtamov
• Sahifalar soni: 320
• Muqova: yumshoq
• Til: ingliz tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu o‘quv qo‘llanma ingliz tilini endi o‘rganishni boshlayotgan hamda o‘rta darajadagi o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda ingliz tilining eng asosiy grammatik qoidalari, ularga doir misollar, ularning o‘zbekcha tarjimalari hamda mavzuga oid mashqlar jamlangan. Ikkinchi qismda birinchi qismda uchraydigan barcha lug‘atlar va ularning o‘zbek tilidagi tarjimalari berilgan. Uchinchi qism esa o‘rganilgan mavzularni mustahkamlashga qaratilgan turli xil mashqlar va testlarni o‘z ichiga oladi.
Qo‘llanmada grammatik qoidalar sodda va tushunarli tilda izohlangan bo‘lib, ingliz tilini o‘rganish jarayonida eng ko‘p uchraydigan savollar inobatga olingan. Shu bois ushbu qo‘llanma nafaqat o‘qituvchilar, balki guruhda ta’lim olayotgan hamda mustaqil ravishda ingliz tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun ham samarali manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kitob materiallari o‘rganuvchilar uchun tushunishni yanada osonlashtirish maqsadida ilmiy atamalardan imkon qadar cheklanib, sodda va ommabop uslubda bayon etilgan.

