• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Aziz Axtamov
• Sahifalar soni: 128
• Muqova: yumshoq
• Til: ingliz tilida
• Format: 84 * 108 1/32 (A5)
Ushbu qo‘llanma ingliz tilini mutlaqo noldan o‘rganishni boshlayotganlar uchun mo‘ljallangan. Mualliflar uni o‘zbek tilida yaratilgan shu yo‘nalishdagi qo‘llanmalar orasida eng sodda va samarali metodikaga ega manbalardan biri bo‘lishiga umid qiladilar. Qo‘llanma yosh o‘rganuvchilar hamda katta yoshdagilar uchun, shuningdek, guruhda yoki mustaqil ta’lim olish jarayonida foydalanishga moslashtirilgan.
Qo‘llanma INTENSIVE dastur asosida 1 oyda, STANDARD dastur asosida 2 oyda o‘zlashtirishga mo‘ljallangan. Unda ingliz tilida eng ko‘p qo‘llaniladigan sodda so‘zlar, ularning tarjimasi va talaffuzi, shuningdek, asosiy grammatik mavzular hamda ularni amaliy qo‘llash qoidalari yoritilgan. Har bir dars yakunida o‘tilgan mavzuni mustahkamlashga xizmat qiluvchi mashqlar berilgan.

