"Issiq sut" — 2016-yilning eng poetik kitoblaridan biri. New York Times versiyasi bo‘yicha bestseller! Buker mukofoti short-listini bezab turgan roman.
Yigirma besh yoshli Sofi onasi Roza bilan Angliyadan Ispaniyaga yo‘l oladi, u yerda dengiz sohili, to‘lqinlar shovqini, dengizning sho‘r hidi, qumli plyajlar, jazirama quyosh o‘rtasida butun fojianing rivoji sodir bo‘ladi.
Antropolog kasbini ofitsiantlikka almashtirgan yosh qahramon Sofiya kasal onasi Roza bilan Ispaniya shaharchasiga keladi. Nozik va o‘z kelajagiga ishonchi komil bo‘lmagan Sofiya va hukmron Roza o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi: Roza qiziga xizmatkor sifatida munosabatda bo‘ladi va uning passivligi hamda sovuqligidan norozi bo‘ladi. Qizining shaxsiy fojiasi asta-sekin kattaroq narsaga aylanadi: Ispaniya meduzalar, sirli tabiblar, g‘alati alomatlar bilan afsonaviy qirg‘oqqa aylanadi. "Issiq sut" – sarob-roman, she’riy va jilvali.
Muqova: Yumshoq
Sahifalar: 320

