Tovar tavsifi:
Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Go'ro'g'lining tug'ilishi" dostoni turkiy xalqlar xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib, ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, sevib tinglangan. Bu doston "Go'ro'g'li" dostonlari turkumidagi dastlabki asar hisoblanadi. Asar xalqimizning mashhur baxshisi Muhammad Jumanbulbul o'g'li (Po'lkan shoir) (1868–1937) tomonidan kuylangan va Hodi Zarif (1905–1972) tomonidan yozib olingan. Nashrga esa Malik Murodov tomonidan tayyorlangan.
Dostonda turkiy xalqlarning azal-azaldan imon-e'tiqod, or-namus va islom dinining ulug'lanishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni o'qish davomida Go'ro'g'lining otasi Ravshanning dushmanlar elidan qochishi, xotini Bibi Hilolning qabr ga ro'g'lini tug'ishi, Go'ro'g'lining ota yurtiga qaytib kelishi, togasi Ahmadning xotinini Rayhon arab olib qochishi, Go'ro'g'lining Bibi Hilolning qabr ga ro'g'lini tug'ishi, o'z otasini yo'qotishi, uni izlab safarga chiqishi, unga chiltarlarning yordam berishi, otini qayta topishi, Rayhon arabning qizi — Zaydinoyni olib qochib tog' asig'a keltirib berishi, Chambilga podsho bo'lishi kabi qiziqarli sarguzashtlarga guvoh bo'lasiz.
Shuningdek, dostonni o'qish davomida xalqimizning tarixiy etnografik urf-odatlari, safar, ota-bola munosabatlari haqida qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Kitobxonlarning talab va iltimoslariga asosan asar hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi. "Oltin qalam" nashriyotida 2026-yilda chop etilgan mazkur 208 sahifali kitob keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
Tovar xususiyatlari:
Kitob nomi: Go'ro'g'lining tug'ilishi ("Go'ro'g'li" dostonlari turkumidan)
Janr: Xalq og'zaki ijodi, qahramonlik dostoni
Aytuvchi baxshi: Muhammad Jumanbulbul o'g'li (Po'lkan shoir)
Yozib oluvchi: Hodi Zarif
Nashrga tayyorlovchi: Malik Murodov
Qayta nashrga tayyorlovchi: Ergashboy Matyoqubov
Nashriyot: "Oltin qalam" nashriyoti
Nashr yili: 2026
Sahifalar soni: 208 bet
ISBN: 978-9910-5133-4-3
UOʻK / KBK: UOʻK: 821.512.133-343.4, KBK: 86.7
Til: O'zbek tili
Yosh cheklovi: 12+ (Maktab o'quvchilari va keng kitobxonlar uchun)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat: O'zbekiston

