• Nomi: G‘urur va xurofot
• Mualllif Djeyn Ostin
• Janri: Klassik adabiyot, Sevgi romani, Psixologik roman
• Yosh chegarasi: 12+
• Muqova: Yumshoq
Jeyn Ostinning “G‘urur va xurofot” asari ingliz klassikasining eng yorqin namunasidir. Roman XVIII asr oxiri va XIX asr boshidagi jamiyat hayotini, undagi axloqiy qadriyatlar va ijtimoiy tabaqalanishni yoritadi. Asarda Elizabet Bennet obrazida mustaqil fikrlovchi, kuchli xarakterga ega ayol timsoli gavdalanadi. Uning mister Darsi bilan munosabatlari nafaqat sevgi hikoyasi, balki insoniy g‘urur, xurofot va jamiyat bosimiga qarshi kurash timsolidir. Kitob nafaqat romantik voqealar, balki o‘z davrining falsafiy qarashlari va axloqiy mezonlari haqida ham chuqur mulohazalar beradi. Asar bugungi kunda ham sevgi, insoniylik va hayotiy qarorlar haqida dolzarb fikrlarni o‘quvchiga yetkazadi.

