“G’urur va xurofot” – Jeyn Ostenning eng mashhur asarlaridan biri bo‘lib, jahon adabiyoti durdonalaridan hisoblanadi. Asar XIX asr Angliya hayotini, ijtimoiy qadriyatlar va insoniy munosabatlarni chuqur yoritadi. Bosh qahramon Elizabet Bennet – aql-zakovati va mustaqil fikrlari bilan ajralib turadi. U g‘ururi bilan tanilgan janob Darsi bilan qarama-qarshi tuyg‘ularni boshdan kechiradi. Bu nafaqat sevgi hikoyasi, balki jamiyat haqidagi nozik kuzatishlar bilan boyitilgan hayotiy asardir.
“Abadiy hikoyalar” turkumi doirasida chop etilgan ushbu roman klassik ingliz adabiyoti va ayollar romanlarini qadrlovchilar uchun ajoyib tanlovdir.

