GONGSKIN Hyaluronic Acid Foam Cleanser — To’liq tavsif
GONGSKIN Hyaluronic Acid Foam Cleanser — yuz terisini muloyim va samarali tozalash uchun mo‘ljallangan Koreya yuz yuvish ko‘pigidir. Boy va yumshoq ko‘pik teridagi kir, ortiqcha yog‘, SPF hamda makiyaj qoldiqlarini chuqur tozalaydi. Shu bilan birga, terining tabiiy namlik muvozanatini saqlab, uni quruqlashtirmaydi.
Mahsulot tarkibidagi gialuron kislotasi terini intensiv namlaydi va namlikni uzoq vaqt ushlab turishga yordam beradi. Panthenol (Provitamin B5) terini tinchlantirib, tiklanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Centella Asiatica ekstrakti qizarish va ta’sirlangan joylarni tinchlantiradi, Ceramide NP esa terining himoya to‘sig‘ini mustahkamlab, namlik yo‘qolishini kamaytiradi.
Doimiy foydalanilganda teri yanada silliq, yumshoq, namlangan va sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yengil formulasi tufayli terida tortishish hissini qoldirmaydi va kundalik foydalanish uchun juda qulay.
Afzalliklari:
Chuqur va muloyim tozalaydi.
Terini intensiv namlaydi.
Himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi.
Qizarish va ta’sirlangan terini tinchlantiradi.
Quruqlik va taranglik hissini kamaytiradi.
Teri silliq va yorqin ko‘rinishiga yordam beradi.
Kundalik foydalanish uchun mos.
Kimlar uchun mos:
Quruq teri
Yog‘li teri
Aralash teri
Sezgir teri
Normal teri
Qo‘llash usuli:
Kaftga oz miqdorda penka olib, suv bilan ko‘pirtiring. Nam yuzga aylana harakatlar bilan 30–60 soniya davomida massaj qiling va iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang. Ertalab va kechqurun foydalanish tavsiya etiladi.






